11:25 / 05.04.2017
8 036

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi
Toshkentdagi Milliy matbuot markazida 4 aprel kuni uyushtirilgan davra suhbati oldidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan soha mutasaddilari oldiga qo‘yilgan vazifalar va dori-darmon narxlarini me’yorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida jurnalistlarga intervyu berdi, deb yozadi Daryo nashriga asoslanib "Sof.uz" nashri.

«Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror doirasidagi ishlarga to‘xtalar ekan, vazir birinchi galda bugungi kungacha dori-darmon vositalarining chegaradan kirib kelishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi va savdo-sotiq jarayoniga qo‘yilishida bir qator adolatsizliklar, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yib kelinganiga to‘xtaldi.

Aholining dorixonalardagi yuqori narxlar va ularning nazoratsiz qoldirilgani xususidagi e’tirozlari tegishli davlat tashkilotlari bilan o‘rganib chiqilganini ta’kidladi.

Hisobotga ko‘ra, aholi hayoti uchun birinchi galda zarur bo‘lgan dorilar ro‘yxati idoralararo komissiya bilan birgalikda o‘rganilib, narxlarning optimal varianti ko‘rib chiqilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi maxsus departament va parlament nazorati, eng muhimi, jamoat nazorati o‘rnatilgan. Hozirda mazkur ro‘yxat aholi ehtiyojlarini har chorakda monitoring qilgan holda komissiya tavsiyalariga asosan qayta ko‘rib chiqilishi aytildi.

Dunyoda 10 mingga yaqin asosiy ro‘yxatga kiritilgan dorilar borligi, shulardan 30—35 foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanishi inobatga olinib, O‘zbekistonning dori-darmon salohiyati 23 foizga o‘sgani ta’kidlandi.

Shuningdek, lisenziya berish sohasida yangi mexanizm yaratilgani, unda mavjud ko‘plab xato-kamchiliklar bugungi kunda talablarga o‘zgartirishlar kiritilishi orqali to‘g‘rilab borilayotgani qo‘shimcha qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi