Tishlar sog‘lom bo‘lishi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 10 ta qoida quyidagicha:
Stomatolog huzurida bo‘lib turing
Tajribalar ko‘rsatishicha, tish bilan bog‘liq muammolar namoyon bo‘lishi uchun kamida olti oy talab etiladi. Shu sababli bir yilda ikki marta stomatologga borish zarur. Profilaktika va mutaxassis nazorati muammolarni boshlanishidayoq daf qilishga yordam beradi.
Tishlarni muntazam ravishda va to‘g‘ri tozalang
Bir kunda ikki marta tish cho‘tkasi va pastasi bilan tishlarni tozalash kerak. Cho‘tka tishlarga o‘tirib qoladigan bakteriya qatlami va ovqat qoldiqlarini ketkazadi, pasta esa bakteriyalarni o‘ldirib, ular ajratadigan kislotalarning ta’sirini kesadi, va shu orqali tish emalini mustahkamlaydi. Tishlarni ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng 30 daqiqacha o‘tib yuvish tavsiya etiladi, bu vaqt kislotalar ta’siri ostida yumshab qolgan emal o‘z holatiga qaytishi uchun zarur.
Tish yuvishning o‘ziga kelsak, bunda tishlarning butun yuzasi tozalanishi kerak. Cho‘tkani tishning asosidan boshlab uning kesuvchi qirrasiga tomon harakatlantirish, oxirida qirraning o‘zini tozalash kerak. Tish yuvishga faol harakatlangan holda ikki daqiqacha sarflash maslahat beriladi.
Cho‘tka va pastani tanlay biling
Tish cho‘tkasi qulay dasta va tishlaringizga mos qattiqlikdagi qillardan iborat bo‘lishi kerak. Tishlaringiz o‘ta sezuvchan bo‘lsa yoki milklaringiz qonaydigan bo‘lsa, yumshoq cho‘tka tavsiya etiladi, qattiq cho‘tka esa tishlari sog‘lom bo‘lgan kishilarga ham maslahat berilmaydi.
Tish pastasi ham tish va milkning ahvoliga qarab tanlanadi.
Butun og‘iz bo‘shlig‘ini tozalang
Tishlarga zarar yetkazuvchi bakteriyalar nafaqt tish va milkda, balki tanglay, bodomsimon bez, lunj va ayniqsa, tilda ham bo‘ladi. Ularni tozalash uchun maxsus cho‘tkalar, suyuqliklar va boshqa zamonaviy texnikalardan foydalanish mumkin.
Sanitariya qoidalariga rioya qiling
Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalardan uzoq yurish uchun hech qachon birovning tish cho‘tkasidan foydalanmang, birovning qoshig‘i bilan yemang, piyolasi bilan suv ichmang. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish uchun zarur bo‘lgan barcha buyumlarni quruq holda saqlang. Cho‘tkani vaqti-vaqti bilan dezinfeksiyalovchi eritmaga solib qo‘ying, har 2—4 oyda esa yangisiga almashtiring.
Floss (tish tozalovchi ip)dan foydalaning
Floss tishlar oralig‘idagi payqash qiyin bo‘lgan joylarni tozalab, u yerdan ovqat qoldiqlarini chiqarib tashlaydi va shu tariqa bakteriyalarni ozuqadan mahrum etadi. Flossni har safar ovqatlanib bo‘lgach, cho‘tka bilan tozalashdan avval qo‘llang.
Tishkavlagichni ehtiyotkorlik bilan qo‘llang
Tishkavlagich — uchli yog‘och cho‘pchalar tishni chayish yoki flossdan foydalanish imkoni bo‘lmagan vaqtda yordamga keladi. Biroq igna, skrepka kabi buyumlardan foydalanish yaramaydi, emalni tirnab, bakteriyalarga tishning chuqurroq qatlamlariga kirish uchun yo‘l ochib beradi. Paradont — milk va tish paylariga zarar yetkazmaslik uchun tishkavlagichdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Tishlarni kislota va qanddan saqlang
Gazli ichimliklar, so‘radigan konfetlar va hatto yangi siqilgan sharbatlar ham tish uchun zararlidir. Bunday sharbatlarda emalni yemiruvchi meva kislotasi konsentratsiyalangan ko‘rinishda bo‘ladi. Karamel, iris va obaki (ledenets) esa og‘izda uzoq vaqt turgan vaqtda patogen makrofloralar ko‘payishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Shokoladning esa, tarkibidagi kakao bakteriyalar ko‘payishining oldini olishi tufayli tishlar uchun, xavfi kamroqdir.
Tishlar uchun xavfli deb hisoblanadigan choy va qahva esa aslida foydalidir: qora choy tish emalini mustahkamlasa, qovurilgan donlardan tayyorlangan tabiiy qahva antibakterial ta’sirga egadir.
To‘g‘ri ovqatlaning
Tishlar mustahkam bo‘lishi uchun organizmga kalsiy va ftor zarur. Kalsiy esa D vitamini yordamida o‘zlashtiriladi. Ovqatlanish ratsioningizga D vitamini manbalari — buzoq go‘shti, parranda go‘shti, tuxum, saryog‘, dengiz balig‘i; kalsiy manbalari — qatiq, pishloq, ismaloq, brokkoli; ftor manbalari — qora choy, qora non, baliqni kiriting.
Tishlarga tushadigan bosimni kamaytiring
Tish bilan yong‘oq chaqish, butilka qopqog‘ini ochish, ip uzish kabilarni unuting. Bundan tashqari tishlarni qattiq siqish va ayniqsa, g‘ichirlatish odati ham zararlidir. Agar uyqungizda bunday harakat qiladigan bo‘lsangiz, uyqudan oldin tishga kiyiladigan maxsus vositalardan foydalaning.
Manba: «Daryo.uz»
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi