
AQSH va Avstraliya olimlari yangi jarrohlik yelimini ixtiro qilishdi, deya ma’lum qilmoqda Darakchi nashri. Bu yelim jarohat, yaralarni 1 daqiqa ichida bandsiz, choksiz bitkazadi.
MeTro – protoelastin oqsillari molekulalari va nurga ta’sirchan molekulalarni birlashtirgan geldir. Ixtirodan ichki va tashqi organlardagi jarohatlarni bitirishda foydalanish mumkin.
Hozirda mazkur ixtiro jonivorlarda sinab ko‘rildi. Gel kemiruvchilarning arteriya va o‘pkalaridagi yaralarni muvaffaqiyatli tarzda tuzatgan. Olimlarning aytishicha, yaqin kelajakda bu gel odamlarda ham sinala boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar