
Qizil (lahm) go‘sht iste’moli oshqozonda saraton paydo bo‘lish xavfini vujudga keltirishi mumkin ekan.
Buni Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari o‘z tadqiqotlarida aniqlashdi, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri.
“Bizning tadqiqot nafaqat qizil go‘sht iste’moli oshqozonning aniq qismlariga ta’sir qilishini oydinlashtiradi, balki ko‘plab odamlarning bu boradagi ovqatlanish odatlari haqida ma’lumot yig‘ish muhimligini ko‘rsatadi”, — deya yozadi universitet tadqiqotchilari.
Zero, shifokorlar 17 yil davomida kuzatib borgan 32 ming nafar britaniyalik ayollarning ovqatlanish odatlari o‘rganilganda, ularning 335 nafarida yo‘g‘on ichak saratoni, 119 nafarida to‘g‘ri ichak saratoni borligi aniqlangan.
Parranda va baliq go‘shtini tanovul qilib keladiganlar yoki vegetariancha parhez tutadiganlarda saraton kasalligi rivojlanish xavfi past ekanligi ma’lum bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar