22:03 / 26.12.2018
12 795

Olimlar qon bosimi oshishiga qarshi nano-dori vositasini yaratishdi

Olimlar qon bosimi oshishiga qarshi nano-dori vositasini yaratishdi
Rossiyaning Novosibirsk biologlari qon bosimini pasaytiruvchi maxsus nano-zarrachalarini yaratishdi. Ushbu prepraratni gipertoniya xastaligiga chalingan kalamushlarda sinab ko‘rishdi. Bu haqda RIA Novosti xabariga asosan Sof.uz nashri ma’lum qilmoqda.

“Bizning preparatimiz nano-zarrachalar va DNKning qisqa molekulalari kompleksidan iborat. Birinchilar ikkinchilarning hujayralarga kirishiga ko‘maklashadi. U yerda ular RNK matritsasi bilan bog‘lanib, oqsil paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Shu tufayli hujayradagi retseptorlar soni ko‘paymaydi va qon bosimi ko‘tarilmaydi”, - dedi Novosibirsk davlat universiteti vakili Asya Levina.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari, jumladan, infarkt va insult global darajada inson o‘limining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Har yil bu kasalliklardan 17 millionga yaqin inson hayotdan ko‘z yumadi. Ularning aksariyatida qon bosimining oshishi kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar qon bosimi oshishiga qarshi nano-dori vositasini yaratishdi