Biz bilamizki, soch to‘kilishi jiddiy muammo bo‘lib, uy sharoitida tayyorlangan soch to‘kilishiga qarshi niqoblar sizning ishonchli himoyangiz bo‘la oladi deb qo‘rqmasdan ayta olamiz.
Keling, mustaqil tayyorlangan soch to‘kilishiga qarshi niqobning eng samaralilarini birgalikda ko‘zdan kechirib chiqamiz.
1. Tuzli niqob
Ko‘pchilik tuz qadim zamonlardan buyon sochlarning to‘kilishini to‘xtatish uchun samarali niqob ekanligini bilmaydi. Soch to‘kilishiga qarshi tuzli niqob oddiy ishlaydi va mukammal ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, boshni yaxshilab yuvish kerak, keyin yodlangan tuzni oling, biroz iliq suv bilan aralashtiring, natijada tuzli bo‘tqa hosil bo‘lsin. Tayyor bo‘lgan bo‘tqani bosh terisi va soch ildizlariga ehtiyotkorlik bilan, bosmasdan surtib chiqishingiz kerak. Ushbu niqobni 15 daqiqa ushlab turib, so‘ngra iliq suv bilan yuvib tashlang. Haftada 1-2 marta shu usuldan foydalaning.
2. Xinali niqob
Agar sochlaringiz juda ko‘p to‘kilayotgan bo‘lsa, unda sizga oddiy xina yordam beradi. Ushbu kosmetik vosita hozirda biroz unutilgan, ammo undan bizning onalarimiz va buvilarimiz sochlarini davolashda foydalanishgan. Xinaning bir qator foydali xususiyatlari bor — u sochlarga jilo bag‘ishlaydi, quruqligidan, qichishidan, qazg‘oqdan xalos qiladi, soch ildizlarini mustahkamlaydi va soch o‘sishini rag‘batlantiradi. Agar sochingizni rangi o‘zgarishini xohlamasangiz, unda rangsiz xinadan foydalanishingiz mumkin. Niqob tayyorlash uchun 3 osh qoshiq xinani iliq suv bilan aralashtiring, 15 daqiqaga qoldiring va bosh terisi va sochlarga surting.
3. Aloeli niqob
Aloe — sochlarni to‘kilishini to‘xtatishda qo‘llaniladigan an’anaviy o‘simlikdir. Avvallari bunday maqsadlar uchun aloe maxsus o‘stirilib, barglarini qirg‘ichdan o‘tkazib, hosil bo‘lgan bo‘tqani bosh terisiga surtishardi. Siz ham xuddi shunday qilishingiz mumkin. Ammo, agar sizda bu o‘simlik mavjud bo‘lmasa, siz dorixonadan tayyor aloe sharbatini sotib olishingiz mumkin. Narxi hamyonbop, soch to‘kilishiga qarshi ta’siri esa juda kuchlidir. Uy sharoitida soch to‘kilishini to‘xtatish uchun aloe sharbatini bir xil nisbatda asal bilan aralashtirib, bosh terisiga surtish tavsiya etiladi.
Ushbu biz bergan tavsiyalardan unumli foydalansangiz, sochingiz to‘kilishidan kamroq aziyat chekasiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi