21:43 / 25.12.2019
4 786

Bosh prokuror: Bemorlarga dori yozib berish haqiqiy ma’noda «biznes»ga aylantirib yuborilgan

Bosh prokuror: Bemorlarga dori yozib berish haqiqiy ma’noda «biznes»ga aylantirib yuborilgan
Avval xabar qilganimizdek, bugun Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talon-tarojlik va suiiste’molchilik holatlarining sabablaridan biri – sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida dori vositalariga ehtiyojni shakllantirish bo‘yicha mavjud tartibga umuman amal qilinmasligi ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oqibatda, dori-darmonlarga talabni haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, belgilash o‘rniga, ayrim dori vositalarini asossiz ravishda ehtiyojdan ortiqcha xarid qilinishi budjet mablag‘larini samarasiz sovurishga sharoit yaratmoqda.

Masalan, joriy yilning birgina 8 oyida respublika bo‘yicha 464 mln. so‘mlik 538 turdagi dori vositalariga yaroqlilik muddatida talab bo‘lmagan hamda muddati o‘tgach, yo‘q qilingan.

Shifokorlarimiz bemorlarga dori-darmon buyurish, ixtisoslashgan tekshiruvlarga yo‘llanma berishda xolis tavsiya berish o‘rniga, bu jarayonni haqiqiy ma’noda “biznes”ga aylantirib yuborganligi aholi haqli noroziliklariga sabab bo‘layotganligi, bu borada vazirlik mutasaddilari tomonidan profilaktik ishlar olib borilmayotgani keskin tanqid qilindi.

Bosh prokuror, davolash ishlaridan maqsad yurtimizni xorijda ishlab chiqarilgan, bo‘lar-bo‘lmas dori vositalari o‘tkaziladigan bozorga aylantirish emas, balki tom ma’noda aholi salomatligini asrash bo‘lishi kerakligiga, e’tiborni qaratdi.

Tadbir davomida sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi mutasaddi xodimlarning yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlari va kamchiliklar bo‘yicha batafsil tushuntirish va izohlari eshitildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bosh prokuror: Bemorlarga dori yozib berish haqiqiy ma’noda «biznes»ga aylantirib yuborilgan