5 314
SSV birinchi o‘rinbosari: Mabodo koronavirus respublikamizga kirib kelsa, bu bo‘yicha tayyorgarligimiz bor
Bahodir Yusupaliyev
Foto: Xalqaro press klub
Koronavirus O‘zbekistonga kirib kelsa, uning oldini olish uchun tegishli shifoxonalarda o‘rinlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi ajratilgan. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vakilining ta’kidlashicha, vaziyatni inobatga olib Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tegishli farmoyish qabul qilingan.
- Farmoyishda asosan koronavirus kasalligi O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rishimiz belgilangan. Bu borada bugungi kunda O‘zbekistondagi sanitariya-karantin punktlarida barcha sharoitlar yaratilgan. Teplovizorlar qo‘yilgan, bundan tashqari shifokorlar — infeksionist, epidemiologlar navbatchiligi tashkil etilgan. Ayniqsa, Xitoy Xalq Respublikasidan kelayotgan yurtdoshlarimiz karantin-sanitariya punktlaridan o‘tadi va nazoratdan o‘tkaziladi.
Mabodo ushbu kasallik respublikamizga kirib kelsa, bu bo‘yicha ham tayyorgarligimiz bor. Tegishli shifoxonalarimizda o‘rinlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi ajratilgan. Kerakli miqdorda tibbiy yordam tashkil etiladi.
Mamlakatmizga Uxan va Pekin shahridan 584 nafar fuqaro olib kelingan. Ular bugungi kunda alohida ajratilgan sanatoriy va tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. Bu muassasalarimizda barcha sharoitlar yaratilgan, kamchiliklarimiz yo‘q. Dori-darmon zaxirasi va shifokorlar nazorati o‘rnatilgan, - deydi Bahodir Yusupaliyev.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo koronavirusdan himoyalanish uchun kerakli infratuzilmaga ega bo‘lmagan hududlardan biri sifatida O‘zbekistonni ham qayt etdi. Uning fikricha, O‘zbekiston koronavirus kabi keng ko‘lamli xavfga qarshi tura olish imkoniyatiga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”