1-2 aprel kunlari O‘zbekistonga Sibirning sovuq havo massalari kirib keladi

1-2 aprel kunlari O‘zbekistonga Sibirning sovuq havo massalari kirib keladi
1-2 aprelda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi.

1-2 aprelda respublika bo‘yicha havo harorati pasayishi kutilmoqda.

1 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduz kuni 5-10° iliq bo‘ladi.

2 aprelda kechasi 0-2° iliq, ba’zi joylarda havoda va tuproqda 1-3° sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kuni 12-17° iliq bo‘ladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar