Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga uning otasi, Qatarning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ta’ziya maktubida Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy Qatarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, xalq farovonligini yuksaltirish hamda davlatni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida katta xizmat qilgan davlat arbobi sifatida e’tirof etilgan.

Shuningdek, u O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga ham munosib hissa qo‘shgani ta’kidlangan.

Prezident o‘z maktubida Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning yorqin xotirasi xalqlar qalbida abadiy saqlanib qolishini qayd etib, Qatar Amiriga, uning oila a’zolariga va butun Qatar xalqiga chuqur hamdardlik va samimiy ta’ziya izhor etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar