O‘zbek tili uchun 41 ta yangi atama rasman qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi xorijiy tildan kirib kelgan 41 ta atama uchun rasmiy o‘zbekcha muqobillarni tasdiqladi. Endilikda ushbu atamalar davlat idoralari, rasmiy hujjatlar, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa sohalarda yagona terminologiyani shakllantirish maqsadida bosqichma-bosqich qo‘llaniladi.
Komissiya ma’lumotiga ko‘ra, yangi atamalar o‘zbek tilining imlo va uslubiy me’yorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, rasmiy muomalada bir xil atamalardan foydalanishga xizmat qiladi.
Tasdiqlangan yangi atamalar:
1. Akkompanement — jo‘rnavoz,
2. Antrakt — tanaffus,
3. Arerssena — sahnaorti,
4. ASKUE — EHNAT (Energiya hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi),
5. Banket — ziyofat,
6. Bashmak — boshmoq,
7. BGS — DQU (donalab quritish uskunasi),
8. BPLA — UHA (uchuvchisiz havo apparati),
9. Breket — tishsim,
10. Brend — xosnom,
11. Vebinar — vebiyig‘in,
12. Datchik — sezgich,
13. Dedlayn — so‘ngmuddat,
14. Dekoratsiya — sahnabezak,
15. DPO — MYB (maydalash-yonish bo‘linmasi),
16. YEES — YET (yagona elektr tizimi)
17. Inventarizatsiya — xatlov,
18. Interaktiv — interfaol,
19. KVF — AVF (aylanma vakuum filtri),
20. Kommentariy — izoh,
21. Mikser — qorg‘ich,
22. LVF — TVF (tasmali vakuum filtri),
23. Palatka — chodir,
24. Negativ — salbiy,
25. Penoplast — po‘kak,
26. Penoblok — po‘kak g‘isht,
27. Poligon TBO — QMCH maydoni (qattiq maishiy chiqindilar maydoni),
28. Probel — bo‘shliq,
29. Rakovina — chanoq,
30. Rasprodaja — arzonsotuv,
31. Rubilnik — uzgich,
32. Simptom — belgi, alomat,
33. SB — BQ (barabanli quritgich),
34. Suflyor — shivirchi,
35. Trening — mashg‘ulot,
36. Fitosanitariya — fitohimoya,
37. Frilanser — erkin ishchi,
38. Emoji — hisbelgi,
39. Xeshteg — kalitso‘z,
40. Shpaler — tokustun,
41. Xostel — qo‘noquy.
Ushbu o‘zgarishlar rasmiy hujjatlar va davlat tashkilotlarida atamalardan bir xil va to‘g‘ri foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.






























Izohlar 0
…