Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. So‘nggi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘yicha yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bog‘liqdir.
Dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi, kechalari esa 22-27° atrofida, respublikaning cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 30° gacha bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Masalan, Toshkentda ushbu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39° dan yuqori bo‘lmagan.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi