Lamine Yamalning sevgilisi undan Jaxon chempionati finaliga chiqishni talab qildi

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" klubining yosh yulduzi Lamine Yamal 2026-yilgi Jaxon chempionatida gʻalaba qozonish uchun kutilmagan, ammo juda kuchli motivatsiyaga ega boʻldi. Futbolchining sevgilisi Ines Garsiya ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻziga xos murojaat yoʻllab, Yamaldan nima qilib boʻlsa ham turnir finaliga yoʻllanma olishni soʻradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ushbu qiziqarli talabning sababi nafaqat sportga boʻlgan qiziqish, balki musiqiy did bilan bogʻliq. FIFA tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Jaxon chempionati finali oldidan oʻtkaziladigan katta shouda dunyoga mashhur xonanda Justin Bieber ishtirok etishi kutilmoqda. Goal.com nashrining xabar berishicha, Ines Garsiya ushbu xonandaning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
Sevilyalik bloger oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Lamine Yamalga qarata: "Sevgilim, finalga chiqish uchun nima kerak boʻlsa, hammasini qil. Meni eshityapsanmi? Nima boʻlsa ham!" deya hazilomuz, ammo qatʼiy ohangda xabar qoldirdi. Bu murojaat qisqa vaqt ichida muxlislar orasida keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Super Bowl uslubidagi yangi format
FIFA 2026-yilgi Jaxon chempionati finalini Nyu-Jersi shtatidagi "MetLife Stadium" oʻyingohida oʻtkazishni rejalashtirgan. Bu safargi final anʼanaviy marosimlardan farq qilib, Amerikaning mashhur Super Bowl tanaffusidagi shoulariga oʻxshash 11 daqiqalik yirik musiqiy dasturni oʻz ichiga oladi.Tashkilotchilarning maqsadi futbol va pop-madaniyatni birlashtirib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etishdir. Justin Bieber kabi yulduzlarning jalb etilishi turnirning nufuzini yanada oshirib, nafaqat futbol ishqibozlari, balki musiqa ixlosmandlarining ham eʼtiborini tortmoqda.
Yulduzli tarkib va kutilayotgan shou
Final oqshomida faqat Justin Bieber emas, balki boshqa bir qator jahon yulduzlari ham sahnaga chiqishi tasdiqlangan. Shou dasturidan quyidagi ijrochilar oʻrin olgan:- Shakira — futbol turnirlarining doimiy hamrohi;
- Madonna — pop-musiqa qirolichasi;
- BTS — Janubiy Koreyaning mashhur K-pop guruhi;
- Burna Boy — Afrika yulduzi;
- Chris Martin (Coldplay) va Gustavo Dudamel.






























Izohlar 0
…