O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya qaysi mamlakatdan kelmoqda?

2026 yilning yanvar–aprel oylari davomida O‘zbekistonga xorijdan 1,3 million AQSH dollarlik atir-upa va parfyumeriya mahsulotlari import qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.
Hisobotga ko‘ra, ushbu davrda O‘zbekistonga eng ko‘p parfyumeriya mahsulotlarini Turkiya yetkazib bergan. Turkiyadan import qilingan mahsulotlar qiymati 417 ming AQSH dollarini tashkil etgan.
Import hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Rossiya (245,6 ming dollar) va Fransiya (235,2 ming dollar) egallagan. Shuningdek, Chexiyadan 197,1 ming dollarlik, Belarusdan esa 41,1 ming dollarlik atir-upa va parfyumeriya mahsulotlari olib kirilgan.
Bundan tashqari, boshqa davlatlar hissasiga jami 203,1 ming AQSH dollarlik parfyumeriya mahsulotlari to‘g‘ri kelgan.
Keltirilgan raqamlar O‘zbekistonda atir-upa va parfyumeriya mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini, import bozorida esa Turkiya yetakchilikni saqlab qolayotganini ko‘rsatmoqda.


























Izohlar 0
…