11:00 / 12.07.2021
2 277

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda


«O‘zgidromet» 12-16 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, haftaning katta qismida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yiliik qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan past bosimli maydon aniqlaydi.

Havo harorati kechalari 18-23 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda 40-42 darajagachani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek, 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

13-15 iyulda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s.gacha mahalliy kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda