09:22 / 23.07.2021
3 157

O‘zbekistonda havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilmoqda


24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilmoqda