5 066
SSV birinchi o‘rinbosari: Mabodo koronavirus respublikamizga kirib kelsa, bu bo‘yicha tayyorgarligimiz bor
Bahodir Yusupaliyev
Foto: Xalqaro press klub
Koronavirus O‘zbekistonga kirib kelsa, uning oldini olish uchun tegishli shifoxonalarda o‘rinlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi ajratilgan. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vakilining ta’kidlashicha, vaziyatni inobatga olib Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tegishli farmoyish qabul qilingan.
- Farmoyishda asosan koronavirus kasalligi O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rishimiz belgilangan. Bu borada bugungi kunda O‘zbekistondagi sanitariya-karantin punktlarida barcha sharoitlar yaratilgan. Teplovizorlar qo‘yilgan, bundan tashqari shifokorlar — infeksionist, epidemiologlar navbatchiligi tashkil etilgan. Ayniqsa, Xitoy Xalq Respublikasidan kelayotgan yurtdoshlarimiz karantin-sanitariya punktlaridan o‘tadi va nazoratdan o‘tkaziladi.
Mabodo ushbu kasallik respublikamizga kirib kelsa, bu bo‘yicha ham tayyorgarligimiz bor. Tegishli shifoxonalarimizda o‘rinlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi ajratilgan. Kerakli miqdorda tibbiy yordam tashkil etiladi.
Mamlakatmizga Uxan va Pekin shahridan 584 nafar fuqaro olib kelingan. Ular bugungi kunda alohida ajratilgan sanatoriy va tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. Bu muassasalarimizda barcha sharoitlar yaratilgan, kamchiliklarimiz yo‘q. Dori-darmon zaxirasi va shifokorlar nazorati o‘rnatilgan, - deydi Bahodir Yusupaliyev.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo koronavirusdan himoyalanish uchun kerakli infratuzilmaga ega bo‘lmagan hududlardan biri sifatida O‘zbekistonni ham qayt etdi. Uning fikricha, O‘zbekiston koronavirus kabi keng ko‘lamli xavfga qarshi tura olish imkoniyatiga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi