Foto: Motor1
DeLorean kompaniyasi elektromotorga ega to‘rt o‘rindiqli fastbek — Alpha5 avtomobilini taqdim etdi, deb xabar beradi Motor1.
Elektromobilning tashqi ko‘rinishini DeLorean dizaynerlari original DMC-12 uchun javobgar bo‘lgan Italdesign atelesi mutaxassislari bilan hamkorlikda yaratgan. «Kelajakka qaytib» filmida suratga tushgan avtomobildagi kabi yangi modelning eshiklari yuqoriga qarab ochiladi.
Foto: Motor1
Muhandislar avtomobilning aerodinamik qarshilik koeffitsiyentini 0,23 ga qadar tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu elektromobilga soatiga 100 kilometr tezlikka 3,4 soniyada erishish hamda energiyani tejash imkonini beradi. Mashinaning maksimal tezligi — 241 kilometr/soat. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, Alpha5 bir marta quvvatlanish orqali 483 kilometr yo‘l bosa oladi.
Foto: Motor1
Avtomobil saloniga to‘rtta alohida o‘rindiq, to‘liq raqamli qurilmalar paneli, shuningdek, axborot-ko‘ngilochar tizim uchun displey o‘rnatilgan.
Foto: Motor1
DeLorean Alpha5 cheklangan — 88 nusxada sotuvga chiqadi. Uning narxi hozircha oshkor etilmagan.
Foto: Motor1
Keyinroq DeLorean model qatorida benzinda ishlovchi V8 dvigatelli kupe, elektrosedan va katta hajmli elektrokrossover paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 1980 yillardagi original DMC-12 bazasida restomod taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Estoniyadagi kiyim do‘konida «Kelajakka qaytib» filmidagi DeLorean avtomobili sotilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi