UzAuto Motors kompaniyasi 2022 yilning dastlabki olti oyida 160 000ta avtomobilni sotuvga chiqarib, ishlab chiqarish samaradorligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
«Katta ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, MDH mamlakatlari ichida avtomobil ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha 2022 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra yetakchilik shohsupasi aynan o‘zbek kompaniyasiga tegishli», — deb hisoblaydi PROMRЕYTING tahlil agentligi ekspertlari.
Rossiyaning mazkur agentligi yangi tadqiqotiga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga nisbatan ko‘proq yengil avtomobil ishlab chiqardi va MDH avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Hamdo‘stlikka a’zo 9 mamlakatning beshtasida o‘z avtomobil sanoati mavjud, deya ta’kidlamoqda avtomobil ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha MDH mamlakatlarining eng yirik kompaniyalari reytingini tuzishni maqsad qilgan agentlik. Bunda 2021 yil va 2022 yilning birinchi yarmiga oid ma’lumotlar hisobga olingan. So‘nggi oylarda jahon siyosati va iqtisodiyotidagi vaziyat keskin o‘zgargani sababli bu yilgi statistika o‘z ichida ayrim kutilmagan holatlarni qamrab olgan, deb ogohlantiradi tadqiqot mualliflari.
Boshlanishiga MDH tarkibiga qaysi mamlakatlar kirishini eslatib o‘tish joiz, bu - Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarboyjon, Moldaviya, Tojikiston va O‘zbekiston. 9ta davlat aholisining umumiy soni — 250 mln kishi atrofida, ya’ni bu ulkan bozor, garchi MDH doirasida umumiy iqtisodiy makon bilan umumlashtirilmagan bo‘lsa-da. Sanab o‘tilgan mamlakatlardan faqat dastlabki beshtasi yagona bojxona va iqtisodiy makon sharoitida ish olib boradi, boisi ular boshqa mintaqaviy integratsiya tashkiloti — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) a’zolari ham hisoblanadilar. Umuman olganda, alohida toifadagi tovarlar uchun tashqi savdo hamkorligining soddalashtirilgan va o‘ziga xos shartlar asosidagi ba’zi shakllari MDH ichkarisida ham ko‘zda tutilgan.
Rivojlangan avtomobil sanoati SSSR davridan boshlab Rossiya va Belarusda tarixan shakllangan. So‘nggi 25 yil ichida O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham yirik avtosanoat korxonalari noldan barpo etildi. Shuningdek, Belarusda yengil avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi yillarda Ozarbayjonda kichik avto yig‘ish korxonalari paydo bo‘ldi.
«Shu o‘rinda qayd etish kerakki, — ta’kidlanadi tadqiqotda, — so‘nggi yillarda Qozog‘istonning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bir vaqtning o‘zida bir nechta biznesini yopib tang vaziyatga tushib qoldi. Hozirda yetakchilik maqomi «AZIYA AVTO»dan «SariarkaAvtoProm»ga o‘tdi. Vaziyatni odatiy deb bo‘lmaydi. Biz bu qadar yirik mojarolar va biznesning bo‘linishidan ancha chiqib qolganmiz. Har holda bu to‘qsoninchi yillar emas...».
Shu o‘rinda AVTOVAZning Ijevsk maydonchasidagi «osilib turgan» holatni ham aytib o‘tish kerak. Tadqiqot o‘tkazilish vaqtida media makonida Lada Vesta’ning ishlab chiqarilishini Ijevskdan Tolyattiga ko‘chirish ehtimoli borligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ushbu 5ta mamlakatda 2021 yil yakunlariga ko‘ra yengil+yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari nisbati quyidagicha bo‘lib turibdi:
1. Rossiya — 1,4 mln avto
2. O‘zbekiston — 236 ming
3. Qozog‘iston — 93 ming (yuk mashinalari va avtobuslar bilan birga)
4. Belarus —35 mingga yaqin
5. Ozarboyjon — 2 ming
2021 yil yakunlariga ko‘ra, MDHda yengil va yengil tijorat avtomobillari yirik ishlab chiqaruvchilari TOP-10ligi quyidagicha ko‘rinishga ega:
1. AVTOVAZ (Tolyatti va Ijevsk, Rossiya) — 430 ming avto;
2. UzAuto Motors (Asaka va Xorazm, O‘zbekiston) — 236 ming;
3. Hyundai Motor Manufacturing Rus (Sestroretsk, Rossiya) — 234 ming ;
4. Avtotor (Kaliningrad, Rossiya) — 177 ming;
5. Volkswagen Group Rus (Kaluga, Rossiya) — 118 ming;
6. GAZ (Nijniy Novgorod, Rossiya) — 117-127 ming avto: 65-75 ming o‘z brendidagi yengil tijorat avtomobili (aniq ma’lumot yo‘q) + 52 ming yengil VW va Skoda avtomobili;
7. Renault Rossiya (Moskva, Rossiya) — 88 ming;
8. Toyota Motor Manufacturing Rus (Shushari, Rossiya) — 81 ming;
9. SariarkaAvtoprom (Ko‘stanay, Qozog‘iston) — 60 ming (yuk avtomobillari va avtobuslar bilan birga);
10. Nissan Motor Manufacturing Rus (Sankt-Peterburg, Rossiya) — 45 ming.
«2022 yilning birinchi yarmida Yevroosiyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat ma’lum sabablarga ko‘ra keskin o‘zgardi. Ukrainadagi voqealar tufayli G‘arb fevral oxiridan buyon Rossiyani sanksiyalar bilan ayovsiz «bo‘g‘moqda». Yevropa va Yaponiya kompaniyalarning aksariyat qismi noma’lum vaqtga RFdagi faoliyatini to‘xtatdi. Xorijdan butlovchi qismlarning to‘liq yetkazib berilmasligi oqibatida Rossiya kompaniyalariga tegishli avtozavodlarda normal avtomobil ishlab chiqish sur’ati izdan chiqdi», — ma’lumot beradi PROMRЕYTING.
Rossiya avtosanoati yetakchisi — AVTOVAZ 2022 yilning yanvar-iyun oylarida avtomobil ishlab chiqarishga oid ma’lumotlarni oshkor qilmadi, ammo mustaqil ekspertlarning taxmin qilishicha, ko‘rsatilgan davrda kompaniya o‘zining ikkita avtozavodida jami 80 mingdan ko‘p bo‘lmagan mashina yig‘di, negaki, komponentlarning yetib kelishidagi uzilishlar sababli AVTOVAZ quvvatlari fevraldan iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida asosan ishsiz turib qoldi.
Rossiyadagi Hyundai zavodi mart boshidan buyon siyosiy sabablarga ko‘ra ishlashdan to‘xtagan, biroq dastlabki ikki oy yakunlariga ko‘ra u 40 mingga yaqin mashinani sotuvga chiqarishi mumkin edi.
2022 yil boshidan buyon RF hududidagi boshqa avtozavodlarda mashina ishlab chiqarish natijalariga oid ma’lumotlar juda kam.
Ishonch bilan aytish mumkinki, 2022 yil davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston avtozavodlari o‘z konveyerlarida mashina chiqarishni faol oshirib boradi, negaki ular ayni paytda Rossiya va Belarusdagi korxonalar aziyat chekayotgan xalqaro cheklovlardan xoli.
Bundan tashqari, UzAuto Motors to‘g‘ri investitsiya siyosatini olib bormoqda. Kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlarida GM GEM platformasidagi avtomobillarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun 620 mln dollar sarmoya kiritdi. 2022 yilning iyulidan (bu inqirozning ayni avj pallasi ekanligini hisobga olish zarur) o‘zbek kompaniyasining Asaka shahridagi quvvatlarida eng yangi Chevrolet Tracker krossoveri ommaviy ishlab chiqarilishiga start berildi. 2023 yil boshida unga sedan Chevrolet Onix qo‘shiladi.
Keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, ishonch bilan aytish mumkinki, MDHdagi avtomobil ishlab chiqarish geografiyasi yaqin yillarda sezilarli darajada o‘zgarmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?