Elektromobillar importi o‘tgan yilga qaraganda 3 barobarga oshdi

Elektromobillar importi o‘tgan yilga qaraganda 3 barobarga oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga yoki 3 barobarga oshgan.

O‘zbekiston joriy yilning yanvar-avgust oylarida eng ko‘p elektromobillar import qilingan davlatlar:

- Xitoy – 1,3 ming dona;
- BAA – 110 dona;
- Germaniya – 34 dona;
- Gonkong – 30 dona;
- Boshqa davlatlar– 19 dona.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar