15:38 / 23.10.2022
1 744

O‘zbekistonda oxirgi 9 oyda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarildi?

O‘zbekistonda oxirgi 9 oyda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarildi?
O‘zbekistonda so‘nggi 9 oy ichida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar uchligiga “Cobalt”, “Lacetti-Gentra”, “Damas” kiradi.
O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 9 oyda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
  • “Cobalt” - 69 816 dona;
  • “Lacetti-Gentra” - 64 074 dona;
  • “Damas” - 52 673 dona;
  • “Nexia T-250” - 17 735 dona;
  • “Spark” - 11 119 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar - 14 389 dona.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 564,1 mln dollarga teng bo‘lgan 22 447 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 430 taga oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda oxirgi 9 oyda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarildi?