4 543
O‘zbekistonga yangi «inomarka»larni endi hamma olib kelishi mumkin. Bu nimaga ta’sir qiladi?
O‘zbekistonda yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Qayd etilishicha, 2022 yil 9 noyabrda O‘zbekiston prezidentining yangi farmoni imzolangan.
Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab yangi import qilinadigan avtomobillar — «inomarka»larni faqat kompaniyalar va rasmiy dilerlar orqali sotib olish bekor qilinadi.
Bu nimaga ta’sir qiladi?
O‘zbekistonda 2022 yilning sentyabr oyida «inomarka»lar sotuvi rekord darajada bo‘lgan.
Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarning O‘zbekistondagi dilerlar orqali sotuvi 2022 yil uchun oylik rekord darajaga yetdi — 1 868 dona. Bundan avvalgi eng yaxshi natija o‘tgan yilning dekabrida 2 411 dona ko‘rsatkich bilan qayd etilgan edi.
Kelgusi yildan boshlab yangi farmon kuchga kirgach, chet el «inomarka»larini O‘zbekistonga olib kelish yanada ko‘payishi kutilmoqda.
2022 yilning yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekiston umumiy 564,1 million dollarga teng bo‘lgan 22 447 ta yengil avtomobil import qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi