210
Yevropa Ittifoqi 2035 yildan boshlab ichki yonuv dvigatelli avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqladi
Foto: Shutterstock
Yevropa parlamenti (YEP) nihoyat 2035 yildan boshlab ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqlashni ma’qulladi. 14 fevral, seshanba kuni Yevroparlament deputatlarining aksariyati 2035 yildan boshlab Yevropa Ittifoqida benzin va dizel dvigatelli avtomobillar sotilishini taqiqlashni yoqlab ovoz berdi. Natijada, YEP va YEI davlatlari tomonidan 2022 yil oktabr oyida erishilgan kelishuv nihoyat tasdiqlandi.
Ushbu kelishuvga erishilgandan so‘ng, uning har ikki tomondan yakuniy ma’qullanishi yetishmayotgan edi. Noyabr oyida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bunga ruxsat berdi, endi esa Yevropa parlamenti ham qo‘llab-quvvatladi. Qarorga ko‘ra, 2035 yildan boshlab Yevropa Ittifoqida faqat karbonat angidrid gazi chiqarmaydigan avtomobillar ishlab chiqarilishi kerak.
Muzokaralardagi bahsli nuqtalardan biri uglerodsiz sintetik yonilg‘i avtomobillari uchun istisno masalasi bo‘ldi. Ushbu elektr yonilg‘isi (E-Fuel) suv va karbonat angidriddan olingan elektr energiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi. Bu masalani Yevropa Komissiyasiga o‘rganish topshirildi. Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi darajasida qoidani ilgari surmoqda, unga ko‘ra, elektr yonilg‘iga boshidanoq taqiq qo‘yilmasligi kerak.
Hozirda Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlangan qoidalar Yevropa Ittifoqining 2030 yilgacha parnik gazlari chiqarilishini 55 foizga qisqartirishni maqsad qilgan Yevropa Ittifoqining «Fit for 55» yashil rejalarining bir qismi sifatida kelishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”