13:26 / 08.03.2023
598

UzAuto Motors xaridorlarga Chevrolet Onix'ni yetkazib berishni boshladi

UzAuto Motors xaridorlarga Chevrolet Onix'ni yetkazib berishni boshladi

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otgan Chevrolet Onix avtomobilini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, bugundan boshlab Chevrolet Onix'ni shahar ko‘chalarida uchratish mumkin.

Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi.

O‘zgacha dizayn va zamonaviy opsiyalar hamda yuqori xavfsizlik texnologiyalariga ega bo‘lgan ushbu avtomobil modeli avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida oldinga tashlangan yana bir ulkan muvaffaqiyatli qadam bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Avtomobil komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi: 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan; 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.

4LT komplektatsiyasi bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish (smart key) va yoqish (start/stop) tizimlari, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.

LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth, Hands-free va 8 dyuym hajmdagi sensor displeyli rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors xaridorlarga Chevrolet Onix'ni yetkazib berishni boshladi