
Joriy yil 4 aprel kuni Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on mamlakatda ishlab chiqarilgan «Togg» rusumli elektromobilning Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilishini aytgan edi.
Ilhom Aliyev mazkur rusumdagi avtomobilni allaqachon qabul qilib olgan. Shavkat Mirziyoyevga kecha, 9 aprel kuni jo‘natilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.
«Togg allaqachon mamlakat yo‘llarida. Ulardan biri mening birodarim, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga berildi. Shunday mashinalardan birini boshqa birodarim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga jo‘natyapmiz. O‘zbekiston Prezidenti yaqin kunlarda Turkiyaning ilk mahalliy elektromobili – «Togg»ni qabul qiladi», degan u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar