Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti tomonidan sovg‘a qilingan Togg brendi ostidagi elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, amaliy hamkorlikni kengaytirish, kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish, innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish masalalari hamda O‘zbekiston—Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning boshqa jihatlari Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazgan uchrashuv kun tartibidan o‘rin oldi.
Turkiya Rajab Toyyib Erdog‘onning topshirig‘iga binoan mamlakatga kelgan delegatsiya tashrifining maqsadi — Togg brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi milliy elektromobilni namoyish etish va topshirish. Davlat rahbari ikki tomonlama hamkorlikda bugungi jadal sur’atni, barcha darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashganini qayd etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bunga misol tariqasida tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani, ustuvor tarmoqlarda bir qator yirik investitsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilayotgani, mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar ko‘paygani ta’kidlandi.
Turkiyaning yetakchi kompaniyalarini qo‘shma, shu jumladan avtomobil sanoatidagi loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish va uzoq muddatli sanoat dasturini qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Togg elektromobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Vazir Mustafo Varank avtotransport vositasining texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, uning kalitini tantanali ravishda topshirdi.
Mamlakat yetakchisi minnatdorlik bildirib, Turkiya prezidenti va xalqini mashinasozlik tarmog‘ida erishilgan ulkan muvaffaqiyat – elektromobillarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani bilan dildan qutladi. Davlat rahbari Turkiyada birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarilgan ushbu elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”