Foto: UzAuto Motors
Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kompaniya Onix va Tracker'ning yangi komplektatsiyalarini chiqarishga tayyorlayapti. UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uchun shartnoma berishni boshlamoqchi. Kompaniya vakili eski komplektatsiyalar bo‘yicha narx oshmasligini aytdi.
May oyi boshida UzAuto Motors kompaniya bilan shartnoma imzolash mumkin bo‘lgan eng arzon modellar – 207 mln so‘mlik Onix va 211 mln so‘mlik Tracker-2'ni sotuvdan olib tashladi.
Kun.uz shartnoma berish qachon ochilishi borasida UzAuto matbuot xizmatidan izoh oldi. Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Onix va Tracker-2'ning yangi komplektatsiyalariga shartnoma berish boshlanadi.
“Bu agar rejalar o‘zgarmasa, shu haftaga reja qilinyapti. Balki keyingi hafta boshida boshlanar. Shu sababli aniq muddatni aytishimiz biroz qiyin”, – dedi Kun.uz bilan suhbatda kompaniya vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, eski komplektatsiyalar narxi [avvalgidan] qimmatlamaydi. Yangi komplektatsiyalar narxlari hali ma’lum emas.
Avvalroq, UzAuto Motors vakili Tracker va Onix qo‘shimcha variantlar bilan sotuvga chiqarilishini, avtomobillar narxi avvalgisidan farq qilishini aytgandi.
“Yangi variantlarda isitiladigan old o‘rindiqlar, tozalash zonasi, ikkinchi qator o‘rindiqlari, rul, olti tomonlama sozlanishi, haydovchi o‘rindig‘i, karter himoyasi, “redline” paketi bo‘ladi. Hozir yangi konfiguratsiyalar bo‘yicha shartnomalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, – degandi kompaniya vakili.
Kompaniya Onix va Tracker'ga shartnoma berishni to‘xtatgach, jamoatchilik UzAuto Motors avtomashinalarining narxini yaqin kunlarda yana oshirishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Odatda, shartnoma berishning to‘xtatilishi inventarizatsiya va keyinchalik narxlarning oshishi bilan bog‘liq. Jumladan, oxirgi 5 yil ichida UzAuto Motors turli bahonalar bilan narxlarni oshirishdan avval avtomobillar savdosini to‘xtatgan edi. 2020, 2021 va 2022 yillarda sotuvlar mart oyida qayta tiklangan.
So‘nggi marta Tracker narxi 2023 yil yanvarida oshgan, Onix narxi esa 2022 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.
Budjet modellar bo‘yicha shartnoma qachon tiklanishi hamon noma’lum
O‘tgan yil dekabr oyi boshida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Genrta uchun shartnoma tuzish to‘xtatilgandi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kompaniya vakili bu modellarga shartnoma berish qachon boshlanishi noaniqligini aytdi.
UzAuto Motors 2022 yil oxiridan Nexia-3 va Spark ishlab chiqarishni to‘xtatgandi, joriy yil oxiridan esa Gentra ham konveqerdan olib tashlanishi rejalashtirilgan. Katta ehtimol bilan, yaqin yillar ichida Nexia-3 va Spark o‘rniga boshqa budjet modellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmaydi.
Telegram'dagi Uzavtosavdo-bot ma’lumotlariga tayanilsa, 15 may holatiga ko‘ra, shartnoma imzolash imkoniyati mavjud bo‘lgan UzAutoMotors'ning eng arzon modellari: Onix - 207 mln 347 ming so‘mdan (navbat 1577ta), Malibu 2- 419 mln so‘mdan boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi
Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?