1 859
Ishlab chiqarilayotgan Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia avtomobillari qayerga “ketayotgani” ma’lum qilindi
UzAutoMotors yarim yil ilgari sotuvi to‘xtagan avtomobillarni ishlab chiqarishda davom etmoqda. Kompaniya yanvar—aprel oylarida salkam 70 ming dona Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqargan. Biroq mazkur avtomobillar sotuvda mavjud emas va shartnomalar qachon qayta tiklanishi ham noaniq.
Infografika: Statistika agentligi
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, UzAutoMotors joriy yilning yanvar—aprel oylarida 27 739 dona Cobalt, 20 673 dona Lacetti, 19 052 dona Damas, 1 985 dona Nexia T-250 ishlab chiqargan.
2022 yilda ham, 2023 yil dastlabki 4 oyida ham eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘lib qolmoqda.
Kompaniya vakili “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar qayerga “ketayotgani” to‘g‘risida ma’lumot berdi.
“Ishlab chiqarilayotgan avtomobillar eski tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilmoqda. Navbatlar kamaygach, sotuv shartnomalari qayta tiklanadi”, — deydi manba.
2022 yil 17 dekabrda Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvi to‘xtatilgandi. Kompaniya 2023 yildan Spark va Nexia o‘rniga Tracker va Onix ishlab chiqarishini ma’lum qilgan. Hozirda Tracker va Onix sotuvda mavjud. Ammo narxi 200 million so‘mdan yuqori bo‘lgan bu avtomobillar uchun navbat katta bo‘lib, to‘lov qilgan mijoz mashinasini olishni 1—1,5 yil kutishiga to‘g‘ri keladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi