13:10 / 02.12.2023
412

Ayrim ommabop avtomobillarga shartnomalar qachondan berilishi aytildi

Ayrim ommabop avtomobillarga shartnomalar qachondan berilishi aytildi

«UzAuto Motors» ommabop avtomobil modellarini xarid qilish uchun shartnomalar berish boshlanadigan vaqtni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, dekabr oyining ikkinchi yarmida (aniq sana kompaniyaning rasmiy sahifalarida alohida e’lon qilinishi bildirilgan) 2024 yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilmoqda.

Unga ko‘ra, Cobalt - 124 264 000 so‘mdan, Damas - 93 156 000, Labo - 93 771 000 so‘mdan sotuvga qo‘yilishi kutilmoqda.

Ushbu modellar uchun kontraktatsiya 2024 yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan hajm uchun ochiq bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, shartnomalar berish boshlangan kunlarda, kontraktatsiyani avtosalonlardan emas, balki faqat onlayn tarzda UzAutoSavdo ilovasi (iOS/Android) va savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ayrim ommabop avtomobillarga shartnomalar qachondan berilishi aytildi