20:00 / 14.12.2023
332

UzAutoMotors barcha xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi

UzAutoMotors barcha xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi

UzAutoMotors barcha avtomobil xaridorlariga ogohlantirish bilan chiqib, yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil xarid qilish uchun xaridor bilan tuzilgan shartnomaga asosan mashinani yetkazib berish muddati shartnoma bandida ko‘rsatilgan muddatdan o‘tmasligi kerak. Shu bilan birga, mazkur shartnomada avtomobilni saqlash muddati dilerlik markaziga yetkazib berilgandan so‘ng 5 ish kunidan oshmasligi ko‘rsatilgan.

Agar xaridor ushbu muddat ichida o‘z avtomobilini dilerlik markazidan olib ketmasa, kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, agar 2023 yilda ishlab chiqarilgan avtomobilni kelgusi yilning 1 yanvaridan keyin olib ketilsa, uning ishlab chiqarish yili o‘zgarishi qabilidagi mish-mishlarga ishonmasligingizni tavsiya qilamiz. Butun ishlab chiqarish hajmi, jumladan, Chevrolet Lacetti va Tracker modellari 2023 yilgacha ishlab chiqariladi. Butun ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi, shu jumladan, Chevrolet Lacetti va Tracker modellari ham 2023 yil modeli sifatida ishlab chiqariladi”, — deyiladi xabarda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAutoMotors barcha xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi