21:28 / 11.03.2015
9 309

Rossiyada mashinalar sotilish hajmi 40 foizga tushib ketdi

Rossiyada mashinalar sotilish hajmi 40 foizga tushib ketdi

2015 yilning fevralida Rossiya avtomobil bozorida keskin tushish kuzatildi. Evropa biznesi Assosiasiyasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar tushishi davom etadi va hattoki 2009 yildagi inqirozli ko‘rsatkichlardan oshib ketadi.

Qo‘mitaning e’lon qilgan ma’lumotlariga qaraganda, yangi yilning dastlabki ikki oyi ichida yangi avtomobillar va yengil transportlarning sotilish ko‘rsatkichlari umumiy hajmda 37,9 foizga tushib ketgan. Xususan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalarning sotilish ko‘rsatkichlari ikki oy hisobotiga ko‘ra 56 foizga tushib ketgan.

2009 yilda jahon iqtisodiy inqirozi munosabati bilan Rossiyada mashinalar sotilishining oylik tushishi 30-50 foizni tashkil etgandi. Qo‘mita raisi Yorg Shrayberning fikricha, vaziyat 2009 yildagidan ham yomonroq tus olishi mumkin.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada mashinalar sotilish hajmi 40 foizga tushib ketdi