Mercedes-AMG kompaniyasi oʻzining eng qudratli toʻrt eshikli avtomobili – GT 63 S E Performance gibrid kupesini taqdim etdi.
Yangi sportkar 831 ot kuchiga ega gibrid dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, 0 dan 100 km/soatgacha atigi 2,8 soniyada tezlashadi. Uning maksimal tezligi 317 km/soat.
Texnik xususiyatlari:
* 4,0 litrli V8 twin-turbo dvigatel
* Orqa oʻqdagi elektromotor
* 8 pogʻonali avtomat uzatma qutisi va 2 bosqichli elektromotor uzatmasi
* Toʻliq yuritma tizimi va blokirovka qilinadigan differentsial
* 6,1 kVt•soat sigʻimli akkumulyator (elektrda 11 km yurish imkoniyati)
Avtomobilda 7 ta harakatlanish rejimi mavjud: Electric, Sport, Sport+ va Race kabi.
Pnevmatik osma va moslashuvchan amortizatorlar, shuningdek, karbon-keramika tormoz tizimi (16,5 dyuymli old disklar) bilan jihozlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar