23:32 / 10.02.2025
79

Xitoy krossoveri Dongfeng 580’ning salbiy jihatlari ma'lum boʻldi

Xitoy krossoveri Dongfeng 580’ning salbiy jihatlari ma'lum boʻldi
Avtoekspert Sergey Zinovev xitoylik Dongfeng 580 krossoverining toʻrtta kamchiligi haqida gapirdi.

Unga koʻra, 1.8 litrli dvigatel Toyota 1ZZ-FE’ning modifikatsiyasi boʻlib, butunlay alyuminiydan yasalgan va moy sarfini oshirishi hamda ayrim sensorlarning ishlamay qolishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, 1.5 litrli motor bilan jihozlangan versiyadagi Punch VT3 variatori ishonchsiz boʻlib, tez-tez ta'mirtalab boʻladi. Ba'zi hollarda u hatto 50 ming kmgacha etib bormay ishdan chiqishi mumkin.

Shunga qaramay, eng oddiy komplektatsiyadagi mashinada ham kalitsiz kirish tizimi, adaptiv kruiz-kontrol va parkovka yordamchisi mavjud. Avtomobilning yurish sifati ham yomon emas.

Bundan avval Sergey Zinovev Changan CS35 Plus krossoverining ijobiy jihatlarini sanab oʻtgan edi.

Unga koʻra, 1.6 litrli atmosferli dvigatel toʻgʻridan-toʻgʻri yoqilgʻi purkash tizimiga ega. Koʻpchilik avtomobillar Aisin TF-73SC gidravlik avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan boʻlib, u juda ishonchli deb hisoblanadi. Mutaxassisning fikricha, bu kombinatsiya eng yaxshilaridan biri.

Ekspertning ta'kidlashicha, avtomobil 80-100 ming km masofaga etguncha hech qanday jiddiy muammoga duch kelmaydi, faqat elektronika vaqt-vaqti bilan nosozliklarga uchrashi mumkin. Mashinaning osma tizimi mustahkam, farlarining yorugʻligi ham yuqori sifatli.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto