
Foto: Chevrolet Brasil
Chevrolet kompaniyasi Spark avtomobilining yangilangan modeli — Spark EUV krossoverini ishlab chiqdi. Bu haqda Braziliyada oʻtkazilgan yangi avtomobil taqdimoti vaqtida ma'lum boʻldi, deb yozadi Daryo.
Mazkur model Janubiy Amerika bozori uchun moʻljallangan boʻlib, Xitoyda GM va SAIC kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan Baojun Yep Plus avtomobilining Chevrolet brendi ostidagi versiyasidir.
Dizayni boʻyicha Chevrolet Spark EUV asosan Baojun Yep Plus’ni eslatib yuboradi, ularning yagona farqi logotip va brend belgilaridadir. Model kvadrat shakldagi kuzov, keng bamperlar, LED faralar, vertikal orqa chiroqlar va yon tomonga ochiladigan yukxona eshigi bilan ajralib turadi.

Foto: Chevrolet Brasil
Yangi Chevrolet Spark EUV avtomobilida “Active” yozuvi mavjud boʻlib, u maxsus konfiguratsiyani bildiradi.
Uning texnik xususiyatlar hali rasman e'lon qilinmagan, ammo donor model Baojun Yep Plus old gʻildirak harakatlantirish tizimi va 102 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan. Model 41,9 kVt/soatli akkumulyatorga ega boʻlib, CLTC (China Light-Duty Vehicle Test Cycle) sinovlariga koʻra 401 kilometr masofani bosib oʻta oladi.

Foto: Chevrolet Brasil

Foto: Chevrolet Brasil
Avto ekspertlarning qayd etishicha, yangi Spark katta ehtimol bilan elektromobilga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar