
Rossiyaga Xitoydan Chevrolet Equinox krossoverlari olib kelindi, deb "Avtonovosti dnya" xabar berdi.
Vladivostokda 2022-yilda ishlab chiqarilgan, 1,5 litrli turbo benzin dvigateliga ega toʻliq uzatmali Equinox narxi 3 million rubldan ($33 ming) boshlanadi.
Vologdada 2,0 litrli turbo dvigatelli Chevrolet Equinox 3,98 million rublga ($44 ming) taklif etilmoqda.
To‘rtinchi avlod krossoverlari narxi 4,93 million rubl ($54 ming) atrofida.
Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda rasmiy ishlab chiqaruvchidan 2,0 litrli dvigatelga ega to‘liq uzatmali Chevrolet Equinox 383,5 million so‘mdan (chegirma bilan), ya’ni taxminan $29,5 mingdan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar