
Avtomobil sohasi ekspertlari bozorni tahlil qilgach, kelgusi yili taqdim etilishini avtomobil muxlislari ko‘zi to‘rt bo‘lib kutayotgan uch modifikasiyani aniqlashdi.
Top-3 boshida Nissan Teana. Yangi modifikasiya uch xil dvigatelga ega bo‘ladi. Ular 2, 2,5 va 3 litrli agregatlardir. Mashina quvvati 150-175 ot kuchi orasida. Smartfonga bog‘lanadigan yangicha multimedia tizimi bo‘ladi. Rusum 2017 yilning birinchi yarmida chiqishi kutilyapti.
Audi RS1 ham kutilayotganlar orasida bor. Nemis mashinasiga 300 ot kuchiga ega bo‘lgan 2 litrli dvigatel o‘rnatiladi. Zamonaviy diod chiqroqli faralarga ega. “Audi” Jeneva avtosalonida ko‘rsatiladi. Evropada u 38 ming evrodan sotilishi kutilyapti.
Uchlikni fransuzlarning Renault Megane avtomobili yakunlaydi. Rusumga 1,2 litrli dvigatel o‘rnatiladi. Taqdimoti kelasi yili o‘tkaziladi. Renault Megane 12 ming dollar narxda xaridorga taklif etiladi.