
Xiaomi SU7 elektromobili 29-mart kuni yo‘l ta’miri sababli qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va 116 km/soat tezlikda beton to‘siqqa urilgan, deb cenyavto.com xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada avtomobil egasi emas, boshqa haydovchi bo‘lgan. Dastlab autpilot ishlagan, lekin so‘ng boshqaruv odamga o‘tgan. Shunga qaramay, to‘qnashuv oldini olish imkoni bo‘lmagan va mashina yonib ketgan.
Avtomatik tizim to‘siqni sezib, tormoz bergan va haydovchini ogohlantirgan: “rulni ushla!”. Haydovchi rulni olgan, lekin 97 km/soat tezlikda urilgan.
Hozirda rasmiy surishtiruv ketmoqda, Xiaomi esa jabrlanganlarning oilasiga yordam berishini aytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar