Yapon kompaniyasi krossoverlari ustida tajriba qilib ko‘rmoqda. Hozirga qadar “Subaru” asosan kichikroq mashinalar ishlab chiqaruvchi brend bo‘lsa, amerikaliklarning ulkan mashinalarga qiziqishi ularni yirik krossover yaratishga undadi. VIZIV-7 SUV Concept avtomobili tezkor oilaviy furgon, shu bilan birga katta yo‘ltanlamas yasash yo‘lidagi urinishdir. Uning uslubi DYNAMIC x SOLID deb ataladi.
Kompaniyaning ijrochi vise-prezidenti Takeshi Tachimori so‘zlariga ko‘ra, krossover “Subaru” tarixidagi eng katta avtomobildir. Uzunligi 5200, kengligi 2030, bo‘yi esa 1860 mmga teng. Avtomobilda etti o‘rindiq bor. Texnik ko‘rsatkichlari, hozircha, aytilgani yo‘q, ammo transmissiyasi to‘la uzatmali va simmetrik bo‘lishi kutilyapti. “Subaru”ga xos bo‘lgan oppozit dvigatel o‘rnatiladi.
Seriyali ishlab chiqariladigan nusxasi 2018 yilning boshida namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?