date

Elektromobillar ham tabiat uchun xavfsiz emas ekan

Elektromobillar ham tabiat uchun xavfsiz emas ekan
Odatda elektromobillar ekologiyaga do‘stona, tabiatga ziyon yetkazmaydigan transport turi sifatida targ‘ib qilinadi. Ammo Kaliforniya universiteti olimlari olib borgan yangi tadqiqot bu fikrga jiddiy savol qo‘ydi. Ular elektromobillarni quvvatlash stansiyalarining kutilmagan xavfini ochib berishdi.

Los-Anjeles shahrida o‘tkazilgan tajribalarda mutaxassislar 50 ta Tesla Supercharger stansiyalari atrofidagi havo sifatini tahlil qilishdi. Natijalar kutilmagan bo‘ldi: zaryadlash punktlari yaqinida havoda inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan mayda zarrachalar soni ikki barobar yuqori ekani ma’lum bo‘ldi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday stansiyalar atrofida har kubometr havoda zararli zarrachalar 15–20 mikrogrammgacha yetishi mumkin. Solishtirish uchun, ichki yonuv dvigatellari uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalarida bu ko‘rsatkich har kubometrga 12 mikrogrammni tashkil etgan.

Olimlarning aytishicha, bu holatning asosiy sababi havodagi chang, shinalarning maydalangan bo‘laklari hamda zaryad stansiyalari yaqinida joylashgan qum zarrachalaridir. Ularning fikricha, elektromobillar o‘zlari havoga gaz chiqarmasa-da, ulardan foydalanish infratuzilmasi salomatlik uchun muayyan xavf tug‘dirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Elektromobillar ham tabiat uchun xavfsiz emas ekan