
Transport vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Jizzax shahriga 10 ta zamonaviy "ANKAI" avtobuslari yetkazib berilgan. Ushbu avtobuslar "Jizzax tekstil logistika" MChJga qarashli avtobus parkini to'ldirib, shahar ichki jamoat transporti yo'nalishlarida foydalanishga topshiriladi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada yo‘lovchi tashish xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan transport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash va sonini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizning barcha hududlarida avtobus parklarini yangilash ishlari faol amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning oktyabr oyida Toshkent avtobus parki 202 ta yangi avtobus bilan to‘ldirildi.
Andijon esa 60 ta yangi elektrobus qabul qiladi.
Jizzaxga zamonaviy avtobuslar yetkazib berildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar