07:48 / 04.02.2017
6 207

Ramzan Qodirov Chechenistonda yaratilgan vezdexodlar uchun nom tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Ramzan Qodirov Chechenistonda yaratilgan vezdexodlar uchun nom tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2017 yil fevralda "Chechenavto" zavodida seriyali tarzda ishlab chiqariluvchi yengil vezdexodlarga nom topish iltimosini bildirdi. U shu munosabat bilan Instagram’dagi akkaunti obunachilari o‘rtasida tanlov e’lon qildi. Bu tanlov fevral oxirigacha davom etadi, deya yozadi Kun.uz sayti.

Tanlovda "Chechenavto" va Maxsus vazifalarni bajaruvchi kuchlar o‘quv markazi bilan birgalikda yaratilgan bir necha turdagi baggi (vezdexod) uchun nomlar birdaniga qabul qilinadi. Bu baggilar taktik uch o‘rindiqli, sport model va 6 o‘rindiqli model ko‘rinishida yaratilgan. Baggining "standart" modifikasiyasi shaxsiy tarkib va yuklarni o‘tish qiyin bo‘lgan joylarga etkazish uchun mo‘ljallangan.

Baggining 6 o‘rindiqli versiyasi uzunligi 4 metrni tashkil qiladi, og‘irligi esa 1,5 tonnaga etadi. Model odamlardan tashqari, 800 kg gacha yuk tashiy oladi, uning maksimal tezligi soatiga 130 km dan oshadi. Taxmin qilinishicha, unda qurol sifatida "Kord" va "Pecheneg" pulemyotlari hamda avtomatik granatomyot AGS ishlatiladi.

Qodirovning aytishicha, tanlanadigan nomlar vezdexodning xarakteristikasi va uning Rossiyada ishlab chiqarilganini aks ettirishi kerak. Checheniston rahbari g‘olibni shaxsan o‘zi taqdirlashga va’da berdi. G‘olib uch o‘rindiqli baggini birinchi bo‘lib sinab ko‘rish va o‘quv markazining instruktorlari bilan ekstremal avtotayyorgarlik kurslaridan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ramzan Qodirov Chechenistonda yaratilgan vezdexodlar uchun nom tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qildi