5 fevral, yakshanba kuni, Gondurasda ayanchli yo‘l transport hodisasi yuz bergan. “Euronews”ga tayanib Qalampir.uz yozishicha, poytaxt Tegusigalpa shahridan o‘n kilometr uzoqdagi yo‘lda avtobus va sisternali avtomobil to‘qnashib ketgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘lgan, 34 nafar odam jarohatlangan.
Dastlabki taxminlarga qaraganda, falokat yuk mashinasi haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida kelib chiqqan. Buning oqibatida yuk avtomobili qarama-qarshi tarafdan kelayotgan sariq rangdagi avtobusni urib yuborgan. Hodisadan so‘ng yuk avtomobili haydovchisi qochib ketgan.
Milliy Transport boshqarmasining vakili Migel Osorioning ma’lumotiga ko‘ra, tergovchilar voqea joyida halokat izlarini o‘rganishmoqda va tez orada yakuniy bayonot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi