
Daryo’ning yozishicha, bu haqda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hukumatlararo komissiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 18-yig‘ilishida ishtirok etgan Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Evtuxov ma’lum qilgan.
Engil avtomobillar, mikroavtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyaning etakchi shirkati — «GAZ» guruhi Samarqand avtomobil zavodida yoki O‘zbekiston hukumati tomonidan tavsiya etilgan boshqa maydonda o‘z avtomobillari, jumladan, mikroavtobuslarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etishdan manfaatdor. O‘zbekiston rahbariyati bunday loyihani amalga oshirish uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayotganini bildirgan.
Viktor Evtuxov, Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari
Viktor Evtuxov, Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.
Unga ko‘ra, 2017—2021 yillar oralig‘ida 8 600 ta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5 700 ta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinishi rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing