12:19 / 22.05.2015
9 109

Hyundai Genesis yo‘ltanlamas modelga aylanadi

Hyundai Genesis yo‘ltanlamas modelga aylanadi

Hyundai kompaniyasi rahbariyati Genesis sedani platformasi negizida katta premial yo‘ltanlamas modelni ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya markasining Avstraliyadagi bo‘limi bosh PR-menejeri Bill Tomasga iqtibos keltirgan holda Motoring nashri xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Bill Tomasning aytishicha, bu fikrni kompaniyaning AQShdagi idorasi ijrochi direktori Deyv Zuchovski qo‘llab-quvvatlamoqda. Zuchovski Genesis brendining kelgusida ham rivojlanishini istamoqda hamda bunday yo‘ltanlamsning AQSh bozorida katta salohiyatga ega bo‘lishini aytmoqda.

Agar Genesis yo‘ltanlamasini ishlab chiqishga “yashil chiroq” berilsa, unda ishlab chiquvchilar uni yaratishda Jeep Grand Cherokee yo‘ltanlamasidan andoza olishadi. Yangi model uzunasiga joylashgan dvigatel va salonga ega bo‘ladi. Salonda 7 kishi joylashishi mumkin bo‘ladi. Yo‘ltanlamasda 2014 yilda Jenevadagi avtosalonda namoyish qilingan Intrado konseptual krossoveridan ham ba’zi uslubiy elementlar olinishi mumkin.

Tomas yangi modelning narxi 40 ming dollardan oshishini va uning asosiy raqobatchilari Audi Q7, BMW X5 va Mercedes-Benz GLE bo‘lishini aytmoqda. Hozircha boshqa ma’lumotlar berilmagan.

Hozir mavjud bo‘lgan Hyundai Genesis modeli 2013 yilning oxirida namoyish qilingan. Modelning motorlari qatoriga mos ravishda 257 ot kuchi va 315 ot kuchiga ega ikkita 3,0 va 3,8 litrli 6 silindrli dvigatellar kiritilgan. Modelning qimmatbaho varianti 425 ot kuchiga ega 8 silindrli 5 litrli dvigatel bilan jihozlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hyundai Genesis yo‘ltanlamas modelga aylanadi