
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi kimoshdi savdosida «10» davlat avtomobil raqam belgisi 10 million dirham yoki 2,7 million dollarga sotildi, deya yozmoqda «Daryo» nashri.
Savdolar Abu-Dabi amirligi polisiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi, xaridorning ism-sharifi oshkor etilmayapti.
Ushbu avtomobil raqami uchun auksionning jami 511 nafar ishtirokchisi da’vogarlik qilgan. Lotning boshlang‘ich narxi bor-yo‘g‘i 1000 dirhamni tashkil etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar