date

Yangi Rolls-Royce Spectre: Quvvat oshdi va masofa 620 kilometrga yetdi

Yangi Rolls-Royce Spectre: Quvvat oshdi va masofa 620 kilometrga yetdi

Rolls-Royce oʻzining Spectre elektr kupesini yangiladi. Series II deb nomlangan ushbu model uzoqroq masofa bosib oʻtish imkoniyati, kengaytirilgan personallashtirish variantlari va brend tarixidagi eng yuqori quvvat bilan taqdim etildi. Britaniya lyuks brendi oʻzining debyut elektromobilini toʻrt yil avval tanishtirgan edi. Oʻshandan beri u V12 dvigatelli Ghost va Phantom modellarini ortda qoldirib, Cullinan krossoveridan keyin kompaniyaning ikkinchi eng koʻp sotiladigan avtomobiliga aylandi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Series II modeli bir qator texnik yutuqlarni oʻzida mujassam etgan boʻlib, ular Rolls-Royce kompaniyasining 2027-yilda kutilayotgan ikkinchi elektromobilida ham qoʻllanilishi kutilmoqda. Eng muhim yangilik — BMW kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi akkumulyator xujayralari texnologiyasidir. Bu Spectre modelining maksimal yurish masofasini 18 foizga oshirib, 529 kilometrdan 627 kilometrgacha (390 mil) yetkazdi, quvvatlanish vaqti esa 14 foizga qisqardi.

Yangi Gen6 silindrsimon xujayralari yangilangan BMW i7 modelidagilar bilan bir xil boʻlib, ular yaxshi sovutish tizimi va yuqori energiya zichligi tufayli samaradorlikni oshiradi. Shunga qaramay, Spectre hali ham 400V elektr arxitekturasidan foydalanishda davom etmoqda. Avtomobilning ikkala versiyasi ham endi kuchliroq: standart ikki motorli, toʻliq uzatmali kuch agregati 577 ot kuchidan 593 ot kuchiga koʻtarildi.

Sportga yoʻnaltirilgan Black Badge nashri esa 21 ot kuchi qoʻshilib, jami 671 ot kuchiga ega boʻldi — bu koʻrsatkich Le Mans giperkarlariga tengdir. Tortish kuchi ham sezilarli darajada oshgan: oddiy Series II modeli 1015 Nm momentga ega boʻlsa, Black Badge versiyasi Spirited rejimida 1100 Nm momentni taqdim eta oladi. Shuningdek, Rolls-Royce Bespoke boʻlimi orqali mijozlar uchun avtomobilni shaxsiylashtirishning yangi, eksklyuziv imkoniyatlari yaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Yangi Rolls-Royce Spectre: Quvvat oshdi va masofa 620 kilometrga yetdi