Tesla Model S va Model X ishlab chiqarishdan olindi

Tesla kompaniyasi oʻzining afsonaviy Tesla Model S va Tesla Model X elektromobillarini ishlab chiqarishni rasman toʻxtatdi. Zavodlardagi boʻshagan ishlab chiqarish liniyalari endilikda kompaniyaning innovatsion Optimus robotlarini yigʻish uchun qayta jihozlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
2012-yilda Model S, 2015-yilda esa Model X taqdim etilganidan buyon ushbu modellar dunyo boʻylab jami 750 000 donadan ortiq sotildi. Ular nafaqat premium segmentdagi ilk ommaviy elektromobillar boʻldi, balki avtomobil sanoatida masofa zaxirasi, dinamika va raqamli arxitektura boʻyicha yangi standartlarni oʻrnatdi.
Ushbu modellar Tesla kompaniyasining bozorga mustahkam oʻrnashishiga zamin yaratdi. Keyinchalik Tesla Model 3 elektromobillarni ommalashtirishda muhim rol oʻynadi, Tesla Model Y esa krossoverlar bozorida kompaniyaning asosiy savdo drayveriga aylandi.
Shuni taʼkidlash joizki, oʻtgan yili Toyota RAV4 dunyo boʻylab eng koʻp sotilgan avtomobilga aylanib, Tesla Model Y va Ford F-150 kabi xit modellarni ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!