16:36 / 11.04.2017
9 871

“GM Uzbekistan” mish-mishlarga oydinlik kiritdi

“GM Uzbekistan” mish-mishlarga oydinlik kiritdi
O‘tgan kun davomida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali mahalliy avtomobillar narxlari oshirilgani haqida xabarlar tarqalib ketdi. Albatta, mashinani sevuvchilar uchun bu noxush xabarga aylangan bo‘lsa, ajab emas.

Shu munosabat bilan “GM Uzbekistan” kompaniyasi o‘zining Facebook’dagi rasmiy sahifasi orqali bu xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning xabarini e’tiboringizga havola etamiz:

“Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi qator yangiliklar agentliklarining sahifalarida “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlarining oshishi to‘g‘risidagi xabarlarga oid Sizlardan kelib tushayotgan ko‘plab savollar munosabati bilan shuni rasman ma’lum qilamizki, “GM Uzbekistan” AJ ning bunday xabarlarga aloqasi yo‘q. “GM Uzbekistan” AJ faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot kompaniyaning rasmiy internet sayti va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifalarida chop etiladi.

“GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning modellari, modifikasiyalari, opsiyalari va narxlari borasidagi har qanday o‘zgarish kompaniyaning rasmiy internet va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida oldindan xabar qilinadi”.

Bu xabar orqali kompaniyaning avtomobillar narxi oshishi haqidagi xabarlar o‘rinsiz ekanini xulosa qilish mumkin.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “GM Uzbekistan” mish-mishlarga oydinlik kiritdi