JCB vodorodli Hydromax bilan yangi tezlik rekordini o'rnatmoqchi

1 daqiqa o'qish147
JCB vodorodli Hydromax bilan yangi tezlik rekordini o'rnatmoqchi

JCB kompaniyasi avgust oyida vodorod yoqilg'isida ishlaydigan yangi avtomobil yordamida quruqlikdagi tezlik bo'yicha navbatdagi rekordni yangilashni rejalashtirmoqda. Dieselmax loyihasidan 20 yil o'tib taqdim etilayotgan Hydromax nomli ushbu texnika 32 fut (taxminan 9,7 metr) uzunlikka ega. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Avtomobil kompaniyaning o'zida ishlab chiqilgan va ikkita yonish dvigatelini birlashtirgan quvvat qurilmasi bilan jihozlangan. Uning umumiy quvvati 1579 ot kuchini tashkil etadi. Loyiha 100 million funt sterling qiymatiga ega bo'lib, besh yil davomida Prodrive muhandislik firmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Hydromax sinovlari kelasi oy boshlanadi, avgust oyining 1-7 kunlari esa Yuta shtatidagi Bonneville Salt Flats hududida bo'lib o'tadigan an'anaviy Bonneville Speedweek musobaqasida ishtirok etadi. Aynan shu joyda 2006-yilda Dieselmax 350,092 milya/soat tezlik bilan dizel dvigatelli avtomobillar rekordini o'rnatgan edi.

JCB raisi Lord Bamfordning so'zlariga ko'ra, asosiy maqsad — vodorod texnologiyalarining ekologik tozaligini va imkoniyatlarini namoyish etish orqali Dieselmax rekordini yangilashdir. Avtomobilni boshqarish uchun 1997-yilda tovush tezligini quruqlikda yengib o'tgan afsonaviy uchuvchi Endi Grin taklif etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?