Dongfeng Xitoyda Peugeot va Jeep modellarini ishlab chiqaradi

1 daqiqa o'qish165
Dongfeng Xitoyda Peugeot va Jeep modellarini ishlab chiqaradi

Stellantis kompaniyasi Dongfeng bilan yangi hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Xitoyning Uxan shahridagi zavodda kelgusi yildan boshlab ikkita yangi Peugeot va ikkita yangi Jeep modeli ishlab chiqariladi. Ushbu avtomobillar nafaqat Xitoy bozori, balki global eksport uchun ham mo‘ljallangan. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Yangi Peugeot modellari Pekin avtosalonida namoyish etilgan Concept 6 va Concept 8 prototiplari asosida yaratiladi. Ular orasida 508 modeliga o‘xshash o‘ziga xos kuzovli avtomobil va fransuz brendi tarixidagi eng yirik krossover bo‘lishi kutilayotgan flagman model mavjud. Jeep brendi ostida esa yangi avlod yo‘ltanlamas elektromobillari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Loyiha qiymati 1 milliard yevroni tashkil etadi, shundan 130 million yevrosi Stellantis tomonidan kiritiladi. Ushbu hamkorlik Xubey provinsiyasi va Uxan ma’muriyatining avtomobilsozlik sohasidagi qo‘llab-quvvatlovchi siyosatiga asoslanadi. Bu qadam Stellantis kompaniyasining Xitoydagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish strategiyasining bir qismidir.

Peugeot bosh direktori Alen Faveyning ta’kidlashicha, ushbu modellar kompaniyaning Xitoy texnologiyalaridan foydalangan holda global bozor talablariga moslashishini sinovdan o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dongfeng tomonidan taqdim etilgan ayrim texnologiyalar Yevropa standartlaridan ham ilg‘orroq bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?